Ilmiy maqola
Inventarizatsiya o‘tkazishning ahamiyati va qoidalari
Annotatsiya
Mazkur tezisda inventarizatsiyaning ahamiyati, maqsadlari, asosiy tamoyillari va uni oʻtkazishning asosiy qoidalari yoritiladi. Tashkilotlarning moliyaviy barqarorligini taʼminlash va mulk ustidan nazoratni kuchaytirish uchun inventarizatsiya zarurligi asoslab beriladi. Shuningdek, inventarizatsiya jarayonida rioya qilinishi lozim boʻlgan qoidalar va hujjatlar boʻyicha aniq tavsiyalar taqdim etiladi. Maqola inventarizatsiya jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirish boʻyicha amaliy yoʻl-yoʻriq boʻlib, tashkilotlarning moliyaviy faoliyatida ishonchli vosita boʻlib xizmat qiladi.