Пул маблағларини самарали бошқаришниш такомиллаштиришнинг долзарб масалалари
Maqola matnidan
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli makroiqtisodiy tarkibiy islohotlar sharoitida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy resurslarni samarali boshqarishning eng muhim strategik masalalaridan biri - bu ularning pul mablag‘larini oqilona boshqarish orqali kapitali aylanishni tezlashtirish hisoblanadi. Uni amalga oshirish albatta operatsion sikl davomiyligini qisqartirish, o‘z kapitalini tejab-tergab ishlatish va qolaversa qarz kapitaliga bo‘lgan talabni kamaytirish evaziga amalga oshirish mumkin. Shu nuqtai nazardan qaraganda хo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ish faoliyatini samaradorligi ko‘p jihatdan uning pul mablag‘larini boshqarish tizimini oqilona tashkil qilishga bog‘liq. Pul mablag‘larini boshqarish tizimi ham boshqa har qanday boshqarish tizimi kabi o‘zining ob’ekti va sub’ekti, funksiyalari va tamoyillarining aniq belgilab olishni hamda tizimning muhim unsurlari sifatida – metod va instrumentlarini, qolaversa me’yoriy-xuquqiy, axborot, dasturiy ta’minotlari kabi masalalarni atroflicha ko‘rib chiqishni taqozo qiladi. Pul mablag‘larini boshqarishning ob’ekti bo‘lib, хo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning turli (operatsion, investitsion, moliyaviy va boshqa) faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan pul oqimlari hisoblanadi.